TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Iroq shimolidagi to‘yda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 450 nafardan ziyod kishi halok bo‘ldi va jabrlandi. Bu haqda Iroq Qizil Yarim oy jamiyati o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Mosuldan sharqroqda joylashgan Hamdaniya shahridagi to‘y marosimlari zalidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar soni 450 kishiga yetdi”, - deyilgan xabarda.
Iroqdagi to‘yda yong‘in chiqdi
© Foto : sosseti
Avvalroq “Al Arabiya” telekanali yong‘in oqibatida 120 kishi halok bo‘lgani, 200 kishi esa jabrlangani haqida xabar bergan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in to‘yda mushakbozlik uyushtirish oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Marosim o‘tkazilgan joyda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani aytilmoqda.