Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi birinchi uchrashuvi o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, deya xabar berdi O‘zbekiston Transport vazirligi.
Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Barqaror transportni rivojlantirish bo‘yicha global forum doirasida transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi birinchi uchrashuvi o‘tkazildi.
"Transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni birgalikda amala oshirish hamda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida transport sohasida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida faol hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida davlatlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida transport-kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qisqa va qulay bo‘lgan transport koridorlarini tashkil etish, tranzit tashuvlarini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Markaziy Osiyo transport vazirlari qo‘shma kommunike imzolashdi – tafsilotlar