Xanchjouda “O‘zbekiston oqshomi” tadbiri o‘tkaziladi

Svetovoe shou na seremonii otkritiya 19-x Aziatskix igr v v Xanchjou, Kitay
Oqshom tadbiri doirasida an’anaviy o‘zbek gazlamalarini ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Bugun, 26-sentabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston oqshomi” bayrami bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Tashrif buyuruvchilar “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da O‘zbekiston muzeylariga mansub 20 dan ortiq eksponatlarni tomosha qilishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, oqshom tadbiri doirasida an’anaviy o‘zbek gazlamalarini ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi. Dasturning musiqiy qismidan esa “Bahor” davlat ansambli, “Maqom” ansambli va O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovlarning kuy va xonishlari o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, 23-sentabr - 8-oktabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari o‘tkazilmoqda.