TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlarining final bosqichiga yo‘l oldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, Chusovitina tayanib sakrash dasturida yana bir bor chempionlik uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.
Uning saralashdagi ikki chiqishi o‘rtacha hisobda 12.949 ballga baholandi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda 14 ta medalni qo‘lga kiritgan. Sportchilar hisobida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali bor.