Vologda viloyatidan O‘zbekistonga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Vologda korxonalari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi Vologda viloyati biznes delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya tarkibiga pul-kredit hamda yo‘lovchi va yuklarni havo orqali tashish sohasida faoliyat yurituvchi 7 ta Vologda korxonalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari va hayvon yog‘i ishlab chiqaruvchilari kirdi.
Obsujdeni perspektivi vzaimodeystviya Vologodskoy oblasti s Uzbekistanom
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin mintaqadagi kompaniyalarni respublika bozoriga chiqish imkoniyatlari, shuningdek, ishbilarmonlik muloqoti amaliyoti bilan tanishtirdi.
Vologda korxonalari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Xususan, “Severstal” aviakompaniyasi Vologda viloyatidan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yish zarurligini o‘rganmoqda.
Igor Kaminin, shuningdek, biznes missiyalari va ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish orqali potensial hamkorlar bilan shaxsiy aloqa o‘rnatish muhimligini ta’kidladi.