Toshkentga Xitoydan “garmoshka” elektrobusi olib kelindi

Tez kunlarda 18 metrli elektrobus poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsata boshlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Toshkentga Xitoydan “garmoshka” elektrobusi olib kelindi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, elektrobus “Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Toshkentga Xitoydan “garmoshka” elektrobus olib kelindi
“18 metrli "King Long" rusumli elektrobus "Toshshahartransxizmat" AJ rasman topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, tez kunlarda ushbu zamonaviy, qulay va ekologik toza elektrobus poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsata boshlaydi.
Toshkentga Xitoydan “garmoshka” elektrobus olib kelindi
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Toshkentga uzunligi 12 metrga teng "Yutong" elektrobusi olib kelingan edi. Elektrobus jami 88 nafar yo‘lovchini sig‘diradi.
Toshkentga olib kelingan “garmoshka” avtobuslar qanday afzalliklarga ega — video