Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Shoygu: Rossiya QK sentabrda 17 mingdan ortiq Ukraina askarlarini yo‘q qildi

Ukraina Qurolli kuchlari sentabr oyida Germaniya, Fransiya, Polsha va AQShda ishlab chiqilgan jami 51 ta o‘ziyurar artilleriya moslamalaridan mahrum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari sentabr oyida 17 mingdan ortiq ukrainalik harbiylarni yo‘q qildi, dedi Sergey Shoygu Mudofaa vazirligi hay’at majlisida.
“Sentabr oyi oy davomida 17 mingdan ortiq odam, 2700 dan ortiq qurol-yarog‘ va harbiy texnika yo‘q qilindi”, — dedi mudofaa vaziri.

Ukraina Qurolli kuchlarining sentabr oyidagi yo‘qotishlari:

7 ta AQShda ishlab chiqilgan "Bradley" piyodalar jangovar mashinasi;
77 ta AQShda ishlab chiqilgan M777 artilleriya tizimi;
Germaniya, Fransiya, Polsha va AQShda ishlab chiqilgan jami 51 ta o‘ziyurar artilleriya moslamalari ;
Germaniyada ishlab chiqilgan 2 ta "Leopard" tanki
Angliyada ishlab chiqilgan bitta "Challenger" tanki.
Mudofaa vazirligining sentabr boshida bergan xabariga ko‘ra, Ukraina armiyasi qarshi hujumini boshlanganidan beri (iyun oyi) jami 66 mingdan ortiq odam va 7600 qurolni yo‘qotgan.