TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida 4-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda 14 ta medalga ega chiqdi. Unga ko‘ra, sportchilar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda 14 ta medalga ega chiqdi.
Shu kungacha medal olgan sportchilar:
Oltin medallar:
Dzudo (52 kg) - Diyora Keldiyorova;
Akademik eshkak eshish - Anna Prakaten;
Akademik eshkak eshish (M4x dasturi) - Sherzod Hakimov, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Alisher Turdiyev;
Dzudo (73 kg) - Murodjon Yo‘ldoshev.
Kumush medallar:
“Pochin” akademik eshkak eshish (yengil vazn) - Luizaxon Islomova va Malika Tagmatova;
Akademik eshkak eshish (M2x dasturi) - Shahboz Xolmirzayev va Mehrojbek Mamatqulov;
Akademik eshkak eshish (M2- dasturi) - Shehroz Hakimov va Dilshodjon Xudoyberdiyev;
Akademik eshkak eshish (M4x dasturi) - Mehrojbek Mamatqulov, Sobirjon Safaraliyev, Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmirzayev.
Bronza medallar:
Akademik eshkak eshish (yengil vazn) - Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev;
Dzudo (48 kg) - Halima Qurbonova;
Qilichbozlik (shpaga) - Dilnaz Murzatayeva;
Taekvondo - Madinabonu Mannopova;
Dzudo (70 kg) - Gulnoz Matniyozova.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari 23-sentabrda boshlangan va u 8-oktabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida davom etadi.