O‘zbekiston dzudo jamoasi Osiyo o‘yinlarida o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi

O‘zbekiston dzudo jamoasi Osiyo o‘yinlarini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Bu jamoaning OO‘ ishtiroki tarixida eng yaxshi natija bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
"Osiyo o‘yinlarida medallar soni va sifati bo‘yicha dzudochilarimiz eng yaxshi natijalarini yangilashdi", - deyiladi xabarda.
O‘zbekistonlik yakkakurashchilar musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medal bilan umumjamoa hisobida dzudo vatani Yaponiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda yakunlashdi.