TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi DXRning Krasnogorovka, Pervomayskoe va Ximik aholi punktlari hududlarida Ukraina bo‘linmalarining to‘rtta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 310 nafar harbiy xizmatchi (qurbon bo‘lgan va yaralangan), beshta tank, beshta BMP, sakkizta mashinani tashkil qildi. Artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Verbovoe qishlog‘i hududida UQKning 71-yeger (o‘rmonchi) va 36-aeromobil brigadalarining ikkita hujumi qaytarildi. Dushman yo‘qotishlari 70 ga yaqin harbiy xizmatchi, ikkita BMP va uchta mashinani tashkil qildi. Bundan tashqari, artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatining Berestovoe va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berdi. Kun davomida 50ka yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi va ikkita mashina yo‘q qilindi. "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasiga zarba berildi.
Shuningdek, Sumi viloyatining Seredina-Buda va Xarkov viloyatining Kislovka aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalarining ikkita dala o‘q-dori yetkazib berish punkti yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi Kuzmino va Chervonaya Dibrava aholi punktlari hududlarida UQKning 67-mexanizatsiyalantirilgan brigadasi va 12-maxsus kuchlar brigadasining uchta hujumni qaytardi. DXRning Grigorovka aholi punkti va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQK shaxsiy tarkibi va jangovar texnikasiga zarba berildi.
Dushman yo‘qotishlari 90 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita pikapni tashkil qildi. Artilleriyaga qarshi jang paytida "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi bo‘linmalari Rovnopol qishlog‘i hududida UQKga zarba berdi va DXRning Staromayorskoe qishlog‘i hududida hujumni qaytardi. Dushmanning kunlik yo‘qotishlari 120 ga yaqin harbiy xizmatchilarni, ikkita zirhli jangovar texnikani, uchta avtomashinani va D-20 gaubitsasini tashkil qildi.
Xerson yo‘nalishida artilleriya zarbalari yordamida 15 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar yo‘q qilindi, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining o‘nta mashinasiga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi UQKning 117 ta hududda joylashgan shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi. Bundan tashqari, Dneprovskoe aholi punkti hududida pozitsiya ochildi va Ukrainaning "Anklav" uchuvchisisz apparatlarga qarshi elektron urush stansiyasi yo‘q qilindi. Xerson viloyatining Kiselevka aholi punkti hududida 124-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlari Nikolayev viloyatidagi Kulbakino aerodromida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyotini yo‘q qildi.
Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari kun davomida beshta AQShda ishlab chiqlgan HIMARS raketasini, AQShda ishlab chiqilgan JDAM boshqariladigan havo bombasi va AQShda ishlab chiqarilgan HARM antiradar raketasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Artemovsk, Spartak, Nevelskoe, Novopetrikovka, Lisichansk, Xerson Krinki, Kazachi lageri, Velikiy Viselok, Tokmak va Pologi aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 57 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 479 ta samolyot, 250 ta vertolot, 7172 ta uchuvchisiz apparat, 438 ta zenit-raketa tizimi, 12 151 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1155 ta ko‘p raketalari jangovar texnika, 6542 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 13477 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.