Kanadada ukrainalik natsistni olqishlash — G‘arbning asl yuzini oshkor qildi
Nega G‘arb natsizmni yuzaki qoralab, aslida esa doim qo‘llab-quvvatlagan? Chunki natsizm ularning maqsadiga yetishi, nomaqbul davlat va millatlarni yo‘q qilish uchun nihoyatda qulay "qurol".
SputnikBobolar nima uchun urushgan edi? Biri - adolat, tinchlik, ozodlik g‘alabasi, vatanni natsizmdan ozod qilish va barcha imperialistik urushlarning tugashi uchun. Ikkinchisi, esa — Gitlerning g‘alabasi, Yer yuzida yahudiylar, ruslar va bolsheviklar bo‘lmasligi va Germaniya Reyxi hukmronligi uchun. Bunda ukrainalik millatchilar katta loyiha doirasida o‘zlarining kichik "loyihasi"ga erishishni orzu qilgan edi - ruslar va boshqa barcha millatlardan xoli bo‘lgan Ukrainaga.
Gitler va uning top-menejerlari bu yerlarda "Ukraina" reyxskomissarligidan boshqa hech narsa yaratish niyatida bo‘lmagan, ammo ular o‘z rejalari haqida ular vaqti kelmaguncha omma oldida jar solishmagan.
Keling, bobo va nevaralarga qaytaylik.
Ikki bobo - Semon Ivanovich Zelenskiy va Yaroslav Xunka (Gunko) tarixiy xotira maydonida to‘qnash kelishdi. Biri "Galichina" SS diviziyasida xizmat qilgan 98 yoshli natsist hali tirik, Xunka — unchalik aqlli bo‘lmagan Tereza ismli nabirasining bobosi. Tereza Kanada bosh vaziri Trudo qabulxonasida kutayotgan bobosi va Zelenskiyning fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdi. Truda natsistni parlamentga taklif qilishda u ishtirok etmaganini aytib hamma aybni spiker Rotga ag‘darmoqchi bo‘lgan edi, jurnalistlar ushbu suratni topib, uning yolg‘onini fosh qilishdi.
Ikkinchisi bobo — Zelenskiy qahramon, yahudiy va antifashist, Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyning bobosi. Uning ham nabira borasida omadi kelmagan. Chunki Vladimir Kanada parlamenti zallarida bobosiga ochiqchasiga xiyonat qilib, neonatsistlar bilan birga Gitlerning jazolash otradi jangchisini olqishladi.
Yaroslav Xunka Kanada parlamentida "Ukraina mustaqilligi uchun ruslarga qarshi kurashgan va 98 yoshida ham qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgan Ukraina-Kanada Ikkinchi Jahon urushi faxriysi", "Ukraina va Kanada qahramoni" sifatida tanishtirildi.
Ya’ni, Yaroslav Xunka Ikkinchi Jahon urushida bizning rus (albatta, biz uni o‘zimiz uchun qabul qilamiz) qahramonimiz Zelenskiy boboga qarshi kurashgan.
Birinchi Ukraina diviziyasi deb atalmish "Galichina", fastlarga sotilgan ukrainlardan tuzilgan diviziya bo‘lib u asosan yahudiylar, polyaklar, ruslar, belaruslar va slovaklarni (asosan tinch aholi va asirlar) shafqatsiz qirg‘in qilish bilan "mashhur bo‘lgan".
Nyurnberg sudida "Galichina" va SS tuzilmalari jinoiy tashkilot sifatida tan olingan. 1945-yilda "Galichina" Avstriya hududida inglizlarga taslim bo‘ldi. Inglizlar esa, Nyurnberg qarorlariga qaramay, natsist jinoyatchilarini SSSRga ekstraditsiya qilmadilar, aksincha, ulardan mamlakatimizga qarshi kurashda foydalanishga qaror qilishdi.
1947 yilda sakkiz ming ukrainalik natsistlar Britaniyaga olib ketildi, ularga pasport berildi va butun mamlakat bo‘ylab joylashtirildi. Ular MI6 (razvedka xizmati) bilan hamkorlik qilishgan, SSSR hududida qo‘poruvchilik ishlari uchun sabotajchilar sifatida jalb qilingan va Britaniya qo‘shinlarida xizmat qilgan.
1980 yillarning o‘rtalarida "natsist ovchilari" "Galichina" dan harbiy jinoyatchilarga murojaat qila boshlaganlarida, Kanada shoshilinch ravishda qonun qabul qildi, unga ko‘ra harbiy jinoyatchilar ekstraditsiya qilinmaydi. Shundan so‘ng ko‘plab natsistlar Kanadaga ko‘chib ketishdi. 2000-yillarning boshiga kelib, Britaniyada "Galichina"ning 1500 ga yaqin a’zolari qolgan.
Ukraina va Kanada qahramoni qanday yutuqlarga erishgan, Spiker Rot eski fashistga qanday xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirgan? Masalan, 1944-yil 28-fevralda "Galichina" SS bo‘linmasi a’zolari Polshadagi Pinyaska fermasida 850 nafar aholini o‘ldirib, o‘z uylarida tiriklayin yoqib yubordilar. 1944-yilda Slovakiyada "Galichina" milliy qo‘zg‘olonni bostirib, tinch aholini o‘ldirdi. Slovakiyaning Nizna Bocha qishlog‘ida taniqli jazo operatsiyasi bo‘lib o‘tdi, u yerda natsistlar bir necha kishini, shu jumladan cho‘ntagidan sovet tangasi topilgan 15 yoshli o‘smirni otib tashladilar.
Bularning barchasi Britaniya manbalaridan olingan misollardir. Shu bilan birga, jinoyatlar bo‘yicha olib borilgan tergovlar maxfiylashtirildi va mavzu imkon qadar jamoatchilikdan yopiq qoldirildi. Natsistlar ruslarga qarshi kurashda doimo foydali.
Bundan farqli o‘laroq, Semon Ivanovich Zelenskiyning jangovar faoliyati tavsifi mavjud. Mana uning “Xalq xotirasi” saytidagi sahifasi: Urushni minomot vzvod komandiri sifatida boshlagan. Keyinchalik u 57-gvardiya o‘qchi diviziyasining 174-polkining rotasiga qo‘mondonlik qila boshladi. Ikkita "Qizil Yulduz" ordeni bilan taqdirlangan. Mukofot hujjatlaridan birida “Shaxsiy jangovar jasoratning qisqacha aytib o‘tilgan: “O‘rtoq Zelenskiy Semon I. o‘z vzvodida yaxshi tashkilotchi va yetakchi. Batalon jangda G‘arbiy Bug darosiga yaqinlashganda, u shaxsan "U o‘tish joyini topdi va dushmanning kuchli otishmasi ostida butun jamoasi bilan hech qanday yo‘qotishsiz daroni kesib o‘tdi. Va tezda nemislarni Bugdan nariga surib chiqara boshladi." Siz Semon Ivanovich Zelenskiyning mukofot hujjatlarini o‘qib chiqdingiz va bu qog‘ozlarning uslubi, formati va qo‘lozmasini darhol taniysiz. Jasoratlarning tavsifi bizning bobolarimiznikiga o‘xshaydi.
Rossiyada va SSSRdan keyin tuzilgan mamlakatlarda fuqarolarning aksariyati bir xil bobo va buvilarga ega edi. Ammo bizdan Kanadaga qochib ketgan SS odami Xunka kabi bobolarimiz yo‘q va bo‘lmagan. Natsistlar va antifashistlar o‘rtasidagi hozirgi qarama-qarshilikning asosiy mexanizmi o‘sha oila tarixi, oilaviy xotiradir. Bobolaringiz kimlar bilan urushgan, kim tarafida bo‘lgan?
Og‘riqli savol, javobini urush tugaganidan keyin ham topa olmaymiz: qanday qilib qahramonlarning nevaralari fashistlar, o‘z xalqining jazolovchilari va qotillari tomonini olishdi? Zelenskiy birinchi va yagona misol emas. Bu e’tiborga loyiq hodisa - ular o‘z ajdodlarining ishiga xiyonat qilganda, Lvovni talash yoki Volin qirg‘inida vafot etgan qarindoshlarining qabrlarini unutib, rusofobiya va neonatsizm tomonidan birlashtirilgan yangi Yevropa hamjamiyatiga sodiqlik qasamod qiladilar.
Axir qanaqasiga? Afsuski, ta’kidlash joizki, hatto Simon Vizental do‘stlari markazi rahbari Den Panneton ham, ushbu natsistni Kanada parlamentiga taklif qilinganidan g‘azablangan bo‘lsa-da, "Rossiyaga qarshi kurashda Ukraina bilan birdamlik nihoyatda muhim" ekanligini ta’kidladi. Ammo g‘arbliklarning aksariyati, natsizmni mutlaq qoralamay qo‘ygan. Bu esa qabul qilinishi mumkin emas. Ular uchun antifashizmdan muhimroq qadriyatlar bor, natsizm va antisemitizmga qarshi umumiy kurashdan ko‘ra ishonchliroq rishtalar mavjud, ya’ni — Rossiyaga, rusofobiyaga qarshi kurash. Bu yo‘lda G‘arb hukumron qatlami hatto Gitlerga xizmat qilgan haqiqiy nast bilan ham hamkorlik qilishga tayyor.
Bu kurashda oila xotirasi va oila sharafiga ham o‘rin qolmagan. Hatto Zelenskiyning qarindoshlari Xolokostda (Ikkinchi jahon urushida yahudiylarni yoppasiga o‘ldirish) vafot etgan bo‘lsa ham.
Kanada parlamentida natsistlarni bunday sharmandali olqishlash Rossiyada ham, dunyoda ham ko‘p odamlarni hayratda qoldirdi.
Ba’zilar hali ham bunga shubha bilan qarayotgan bo‘lsa-da, lekin aksariyatning fikri o‘zgara boshladi: Balkim Rossiya maxsus operatsiyani boshlab to‘g‘ri ish qilgandir? Ehtimol, biz tarixning noto‘g‘ri tomonini tanlaganmiz? Yaxshilik bilan yomonni adashtirmadikmi?
U tomon esa tinimsiz tashviqot yog‘dirmoqda. Turli tuman fakt va omillar topmoqda, agar ular yo‘q bo‘lsa — o‘ylab topmoqda. Masalan, Buchadagi kabi soxta "qonli spektakllar".
Kanada parlamenti natsistni va uning insoniyatga qarshi jinoyatlarini ishtiyoq bilan olqishlayotganiga, qariya fashist esa ko‘zida yosh bilan "zig" qilishiga bir baxya qolganiga qarab, har qanday aqli hushi joyida bo‘lgan odam yengil nafas oladi: yo‘q biz adashmadik, biz o‘sha ikkiyuzlamachi va shafqatsiz, ochko‘z kuchga qarshi kurashgan qahramon bobolarimiz xotirasiga sodiqmiz.
Ko‘rinishidan xushro‘y, burjua janoblari va xonimlari, o‘z vaqtida fashistlarni olqishlab, ularga yahudiy qo‘shnilarini tutib bergan bo‘lsa, bugun ham o‘sha-o‘sha — ikkiyuzlamachilik niqobini yechmagan va yana suvdan quruq chiqmoqchi bo‘lishadi. "Biz uning natsist ekanini bilmagan edik" deb o‘zlarini oqlashmoqchi bo‘lishadi.
Shunday qilib, sir oshkor bo‘ldi: nega G‘arb davlatlari 1930-yillarda Yevropada natsizmni to‘xtatmadi? (AQSh va Angliya qurol ishlab chiqarishiga sarmoya kiritib Gitlerga yordam bergan) Chunki o‘sha paytda ham, hozir ham natsizm ular uchun nihoyatda foydali, qulay va jozibali ko‘rinadi. Shunday qilib, Xunka-Gunko bobo himoyaga olingan va unga g‘amxo‘rlik qilingan va u keksalikka nafaqat tavba qilmasdan, balki o‘nlab yillar davomida o‘z jinoyatlarini qahramonlik sifatida maqtalib, izzat va to‘qlikda yashagan.
Keksalikni e’zozlash kerak, barcha bobolarimiz chinakam urush va mehnat qahramonlari bo‘lganligini yodda tutgan holda bizga shunday o‘rgatishgan. Ammo bu yerda biz G‘arb hukmron elitasi tomonidan rag‘batlantirilgan yana bir keksalikni, jinoyatchi va yovuz odamning keksaligini ko‘rmoqdamiz.
Ular bu keksalikni hurmat qilishadi. Mana shu yerda ular va bizning oramizda chegara o‘tadi. Biz o‘zimizniki va begonani ana shunday ajratamiz.
Bobo nabirasi uchun javobgar emas, lekin nabira o‘z qilmishi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.