Zaxarova Kanada parlamentida natsist olqishlanganiga munosabat bildirdi

Kanada parlamentida Ikkinchi jahon urushi yillarida “Galitsiya” SS diviziyasi xizmat qilgan 98 yoshli ukrainalik millatchi olqishlandi.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Kanada parlamentida “Galitsiya” (“Galichino” nomi bilan ham ma’lum) SS diviziyasida xizmat qilgan natsistning olqishlanishi global fojiaga olib kelishi mumkin bo‘lgan fars (maynavozchilik). Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova "Rossiya-24" telekanali efirida ma’lum qildi.
“Bu dunyo miqyosidagi fojia bilan yakunlanadi, Kanada parlamenti natsistlar hamtovog‘ini olqishlayotgani hozir bu fars”, - dedi Zaxarova.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbda jinoyatchi natsistlarni madh etish “global halokatga, fojiaga” olib keladi.
Avvalroq “Associated Press” agentligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kanada parlamentida so‘zlagan nutqi chog‘ida yig‘ilganlar Ikkinchi jahon urushi yillarida “Galitsiya” SS diviziyasi xizmat qilgan 98 yoshli ukrainalik millatchini olqishlagani aks etgan suratni chop qilgan edi.
Suratlardan biri shunday nomlangan edi: “Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Kanada bosh vaziri Jastin Trudo Ikkinchi jahon urushi yillarida 1-Ukraina diviziyasida xizmat qilgan, qilgan Kanadaga ko‘chib ketgan Yaroslav Xunkani olqishladi”.
Rossiyaning Ottavadagi elchixonasi Kanada TIV va bosh vazir Jastin Trudo ofisiga Kanada parlamentida ukrainalik natsistning olqishlanishi munosabati bilan nota yuborishini ma’lum qilgan.