Dollar va rubl tushdi — 26-sentabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymati e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 5,94 so‘mga arzonlashdi va 12 206,13 so‘mni tashkil qildi. Yevro 11,20 so‘mga pastladi va 12 981, 22 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,09 so‘mga arzonlashdi va 127,07 so‘mni tashkil qildi.