TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Toshkent shahrining uch tumanida bir sutka davomida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, "Toshkent shahar suv ta’minoti" MChJ rejali profilaktika ishlarini olib boradi.
Shu munosabat bilan, 25-sentabr soat 09:00 dan 26-sentabr soat 09:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
“Feruza” mavzesi, 26, 28, 30, 32, 33, 34, 35, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 47, 48, 50-sonli ko‘p qavatli uylarda, Kamolon, “Yangi Kamolon” mahalla idoralarida, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 142, 144, 148, 158-sonli ko‘p qavatli uylarda.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
Markaz-14, 13, 14, 15, 15a, 15b, 16, 16a, 7, 7a, 8, 9, 10, 11, 12, 18, 19a, 19b, 17a, 17b, 1a, 2a, 10v, 3, 4, 5, 6 -sonli ko‘p qavatli uylarda, Zarqaynar ko‘chasi, 1, 2, 2a, 2b, 2v, 2g, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 8a,11, 18, 19, 20, 21, 23, 24, 25, 56, 56a-sonli ko‘p qavatli uylarda.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
Fidoiylar, Cho‘lpon va Do‘stobod mahallarida;
Maxtumquli ko‘chasi va Pahlavon Mahmud 2-tor ko‘chalari, 22-aviashaharcha.
Suvsiz qolgan manzillarga ichimlik suvi maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.