“Shimoliy oqim” portlashi haqidagi haqiqat G‘arbga noqulayliklar tug‘dirmoqda

Jahon hamjamiyati Boltiq dengizidagi ushbu yaqqol teraktni unutmasligi kerak. Aybdorlar qachon va qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar baribir jazolanishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Bundan roppa-rosa bir yil avval Boltiq dengizi tubida “Shimoliy oqim” gaz quvurlari portlatilgan edi. Bir yil ichida tergov Yevropaning bunday muhim infratuzilma obektiga hujum qilgan jinoyatchilarning hech bo‘lmaganda izlarini topishi mumkin edi.
Ammo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu yilgi yakunlarni shunday sarhisob qildi:

“Shimoliy oqimlar" masalasiga kelsak, bu eng muhim faktlarga nisbatan ko‘zbo‘yamachilik qilish, keyinchalik ular o‘zlarining geosiyosiy sxemalarini qurishlari uchun navbatdagi yolg‘onni qanday tayyorlayotganlariga yana bir misol <...>”.

Rossiya tashqi ishlar vaziri, shuningdek, ko‘zbo‘yamachilik qilingan yana shunga o‘xshash holatlarni misol keltirdi: Buchada tinch aholining o‘ldirilishi, Solsberidagi Skripallarning zaharlanishi, Navalniy ishi, Tolyatti — Odessa ammiak quvurining portlashi va boshqalar.
Bu holatda, har doimgidek, G‘arb OAVlari go‘yoki bu “ish sirligicha qolmoqda” deb da’vo qilishda davom etmoqda. Aniq sabablar mavjudligiga qaramay, AQSh hukumatining yuqori martabali amaldorlarining gaz quvurlari taqdiriga oid ommaviy bayonotlari, ko‘plab dahshatli faktlar va hatto Pulitser mukofoti laureati Seymur Xersh tomonidan chuqur tergov olib borilganiga qaramay haqiqatni yashirishmoqda. Avvaliga G‘arb Xershning xulosalarini e’tiborsiz qoldirmoqchi bo‘ldi, keyin esa unda bir gap borligini anglab, AQShga qarshi ayblovlarni Ukrainaga yoki undan ham yaxshiroq, “ukrainaparast faollar”ga o‘tkazishga qaror qilishdi”.
Bundan tashqari, Xersh tergovini diskreditatsiya qilishning asosiy taktikasi bo‘yicha G‘arb izohlovchilari ba’zi faktlarni – NATO rahbari Yens Stoltenbergning tarjimai holi kabi tafsilotlarni tushuntirmasdan Xersh tomonidan eslatib o‘tilganligi kabilar tufayli tanqid qilishmoqda. Ammo “ukrainaparast faollar” haqidagi bema’ni versiyalar mualliflariga bunday savollarni berish mumkinmas va tafsilotlarga to‘xtalib bo‘lmaydi.

Masalan, turli xil “bellingket”lar telefon yozishmalarni va muzokaralarni aniqlash qobiliyati to‘satdan yo‘qoldi. Negadir ular Rossiyaga qarshi ayblovlar haqida gap ketganda bu ishlarni bir zumda bajarishar edi, lekin aybdor Yevropa yoki Ukraina bo‘lsa ularning qobiliyatlari birdan yo‘qolib qoladi.

Yoki “Andromeda” yaxtasida Shimoliy oqimga yaqinlashgan ukrainalik havaskor-diversantlarning birinchi versiyasi Germaniya davlat telekanallari va “Die Zeit” gazetasi tomonidan ma’lum qilinganligini eslaylik. Keyin bu voqea yuzlab G‘arb OAVlari tomonidan takrorlandi. Birontasi ham nemis jurnalistlari bunday tafsilotlarni, masalan, diversant guruhidagi kapitan, ikkita g‘avvos, ikkita yordamchi va shifokor rollarini taqsimlashni qayerdan bilaqoldi deb hayron bo‘lmadi! Axir, bunday tafsilotlarni faqat ushbu guruh ishtirokchilari bilishi mumkin, deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri keladi - boshqa hech kim! Yoki tan olishimiz kerakki, “sensatsiya” mualliflari hammasini havodan olishadi.
Shunga qarab, tergovning kam sonli izohlariga ko‘ra, bu versiya asosiy hisoblanadi. To‘g‘ri, dengiz tubida bunday murakkab ishni oddiy havoskorlar qilishi mumkinligi haqidagi g‘oya bema’niligini anglagan tergovchilar “davlat aktori”ning ishtirokini tan olish mumkin. G‘arb e’tiborni Xershning xulosalaridan chalg‘itish uchun hatto Gollandiya razvedka xizmatlari Markaziy razvedka boshqarmasini teraktlardan bir necha oy oldin Ukrainaning ularni amalga oshirish rejalari haqida ogohlantirgan degan mish-mishlarni tarqatishgacha boradi. Albatta, bu yerda ham ushbu versiyalarning mualliflari muammolarga duch kelishadi.
Savol tug‘iladi: agar AQShda ham, Yevropada ham tayyornalayotgan diversiya haqida hamma bilgan bo‘lsa, nega uni oldini olishmadi? Ha, albatta, noqulay savollar berish mumkin emas-ku!
Endi tergovchilar ishni shu yil oxirigacha yakunlashga umid qilishlarini xursandchilik bilan aytishmoqda. Shvetsiya prkurori Mats Lyungkvistning bu so‘zlarini G‘arbda ko‘plab OAVlar takrorladi. To‘g‘ri, ular yil oxirigacha uning kimgadir ayblov qo‘yish yoki boshqa yo‘l bilan tergovni yakunlash niyatiga oydinlik kiritmadilar. Ya’ni, tashkilot ishlar vazirligi rahbari aytganidek, ko‘zbo‘yamachilik qilishdi.
Bu urinishlar portlashlar yilligiga bag‘ishlangan BMT Xavfsizlik kengashini chaqirgan Rossiya tomonidan faol qarshilik ko‘rsatiladi. Rossiyada Boltiq dengizida kim qo‘poruvchilik uyushtirgani va amalga oshirgani haqida shubha yo‘q va hech qachon bo‘lmagan. Ammo jahon hamjamiyati bu yaqqol teraktni unutmasligi muhim. Aybdorlar qachon va qayerda bo‘lishidan qat’i nazar baribir jazolanishi kerak.