TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Sankt-Peterburgda Rossiya va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari rektorlarining IV mintaqalararo konferensiyasi ish boshladi, deb xabar qilmoqda Sankt-Peterburg davlat universiteti matbuot xizmati
Sankt-Peterburg davlat universitetida 25-26 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi ko‘magida Rossiya va O‘zbekiston universitetlari rektorlarining IV mintaqalararo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Rossiya va O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari, Rossiya va O‘zbekistonning yetakchi ta’lim tashkilotlari rektorlari ishtirok etmoqda.
Anjuman rejasidagi tadbirlar:
ta’lim sohasida Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini muhokama qilish;
sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va bioinjeneriya sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha universitetlararo hamkorlikni kengaytirish;
ilg‘or muhandislik maktablarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish;
O‘qituvchilar malakasini oshirish sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqish.
Ma’lumot uchun, Rossiya va O‘zbekiston orasida oliy ta’lim sohasida izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Rossiyada 30 mingdan ortiq O‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. O‘zbekistonlik talabalar uchun ajratilayotgan grant o‘rinlari soni yildan yilga oshib bormoqda. Undan tashqari O‘zbekistonda 15 taga yaqin Rossiyaning yetakchi OTMlari filiallari faoliyat yuritmoqda.
IV Mejregionalnaya konferensiya rektorov rossiyskix i uzbekskix vuzov.
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov