TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro xalq amaliy san’ati festivalida O‘zbekiston hunarmandlari besh nominatsiyadan to‘rttasida birinchi o‘rinlarni egalladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
21-23 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan festivalda 70 dan ziyod mamlakatdan 260 nafardan ortiq hunarmandlar ishtirok etdi.
“Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Gulnora Odilova (O‘zbekiston);
2-o‘rin: Anaxita Alavi (Eron);
3-o‘rin: Ravshan Norxo‘jayev (O‘zbekiston).
“Eng yosh hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Abdullo Mirjamolov (O‘zbekiston);
2-o‘rin: Abdulloh Mirzaahmedov (O‘zbekiston);
3-o‘rin: Rosid Axmadi Ros (Indoneziya).
“Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Xasan Umarov (O‘zbekiston);
2-o‘rin: Mavluda Hamdamova (O‘zbekiston);
3-o‘rin: Nurzad Jenbek qizi (Qirg‘iz Respublikasi).
“Qadimiy sulola davomchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Baxshillo Jumayev (O‘zbekiston);
2-o‘rin: Voxid Karimov (O‘zbekiston);
3-o‘rin: Maramxon Ergaziyeva (O‘zbekiston).
“Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Abdulla Nauruzbayev (Qozog‘iston);
2-o‘rin: Zulfiya Masharipova (O‘zbekiston);
3-o‘rin: Molima Pixigiya (Yangi Zelandiya).
Ularga mukofotlarni Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar hokimlari, Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi topshirdi.