FAO O‘zbekistonga chigirtkaga qarshi kurash uchun "Toyota" avtomobillari berdi

FAO O‘zbekistonga Toyota avtomobillari berdi
Ishonchli yo‘ltanlamas "Toyota Hilux" avtomobillariga maxsus jihozlar o‘rnatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonga 8ta maxsus jihozlangan "Toyota" yo‘ltanlamas avtomobillarini topshirdi, deb xabar qilmoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

"FAO O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashishni yanada yaxshilash uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 8 ta maxsus jihozlangan "Toyota Hilux" avtomobilini topshirdi", - deyilladi xabarda.

Mazkur ko‘mak FAOning "Markaziy Osiyoda chigirtkalarga qarshi kurashishni takomillashtirish (II bosqich)" mintaqaviy loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Xabarda chigirtka qishloq xo‘jaligi uchun katta xavf ekani ham alohida aytib o‘tilgan.
Samarqandda Xalqaro oziq-ovqat anjumani
Samarqandda Global oziq-ovqat xavfsizligi deklaratsiyasi qabul qilinadi