Bugun poytaxtning 3 tumanida “svet” qisman o‘chiriladi

Hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik.Bugun, 25-sentabr kuni, poytaxtning ayrim tumanlarida qisman elektr ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Chilonzor tumani: "Guliston" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: "Qushbegi" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: "Alisherobod", "Zakovat", "Iqtidor" hamda "Ijodkor" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.