TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik qilichboz Dilnaz Murtazayeva XIX Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Shpagachi Dilnaz Murtazayeva Osiyo o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik qilichbozga aylandi.
Uzbekskaya shpajistka Dilnaz Murtazayeva stala pervoy uzbekskoy fextovalshitsey, podnyavsheysya na pyedestal pochota na Aziatskix igrax
© NOK
17 yoshli sportchi yarim final jangida janubiy koreyalik Injeong Choiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan kifoyalandi. Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchilar qilichbozlik dasturida shu paytgacha biror marotaba shohsupaga ko‘tarilmagan edi.