O‘zbekiston aholisi qo‘l dastgohlarida paxta iplarini yigirmoqda, 1900-yil.
Amerikalik huquq himoyachisi Anjela Devis O‘zbekistondagi paxta dalasida, 1972-yil sentabr. Qora tanlilar huquqlari uchun harakati yetakchilaridan biri Amerika hukumati tomonidan hibsga olinganidan keyin SSSRda keng tanildi. "Anjela Devisga erkinlik" iborasini g‘allakorlar ham, paxtakorlar ham takrorlardi.
Toshkentdagi paxta tozalash zavodida paxtani tortish. 1917-yilgacha olingan fotosurat. Suratda ko‘rsatilgan odam bir kunda qancha sumka ko‘tarib yurganini tasavvur qilish qiyin.
O‘zbekistonlik mexanik-haydovchi Tursunoy Oxunova paxta terimida kombayn boshqarmoqda, 1959-yil. Ikki karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni Oxunova o‘zbek ayollari orasida birinchi bo‘lib paxta terish mashinasining mexanik-haydovchisi mutaxassisligini olgan. 1959-yilgi mavsumda 210 tonna paxta xomashosi terib olgan.
"Eng yaxshi yosh paxtakorga" ko‘krak nishoni. 1969-yil 20-mayda tashkil etilgan. U guvohnoma bilan birga taqdim etilgan. Ular mamlakatdagi 20 mingdan ortiq yosh paxtakorga topshirilgan.
Paxta yig‘ish punkti. Sirdaryo viloyati, 1977-yil. Bu yerda yig‘ilgan “oq oltin” tortilib, qayta ishlashga jo‘natish uchun saqlangan.
“Anor” raqs ansambli solisti Mavluda Sobirova paxta terimiga yordam bermoqda, 1976-yil. O‘sha vaqt uchun mutlaqo oddiy rasm.
Farg‘ona viloyatida paxta terimi mavsumida “Anor” raqs guruhi a’zolari. Bolaligidan paxta dalasida mehnat qilishga odatlangan qizlar paxta terishda ham raqsga tushgandek usta edi.
Kuba inqilobi yetakchisi, Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining Birinchi kotibi Fidel Kastroning SSSRga tashrifi, 1963-yil. U Toshkent viloyatining hozirgi Qibray tumanidagi “Qizil O‘zbekiston” kolxozida bo‘ldi.
O‘zbekiston SSR, Qizilqum cho‘lidagi paxta dalasida hosil yig‘ishtirish.
O‘zbekiston SSR. Buxoro paxta tozalash zavodining qabul punkti.
1971 yil. Bu surat o‘zbek mehnatkashining umumiy obrazini tasvirlashi mumkin.
O‘zbekiston SSR. Paxta terimi majburiyatlari bajarildi, 1972-yil. Uch yildan keyin respublikada 4 million tonna “oq oltin” yig‘ilib, rekord o‘rnatildi.