TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni Nigina O‘ktamova (-54 kg) Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Samarqandlik bokschi filippinlik Irish Magnoni 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi.
O‘zbekistonlik bokschi qizlar shu paytgacha o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan bo‘lsa ham, birinchi bosqichdayoq musobaqani tark etgan. Shuning uchun, ushbu muvaffaqiyat Osiyo o‘yinlaridagi yana bir ahamiyatli g‘alaba hisoblanadi.