Harorat biroz ko‘tariladi — Toshkentda 23-sentabr uchun ob-havo

Poytaxtda harorat kechasi +12-14, kunduzi +25-27 daraja bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +27 daraja bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12-14, kunduzi +25-27 daraja bo‘ladi.