Toshkent viloyati Xitoy bilan hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi — tafsilotlar

Toshkent viloyati va Szansu provinsiyasi 8 dan ortiq sohalarda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent viloyati va Xitoyning Szansu provinsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Toshkent viloyati va Xitoy Xalq Respublikasining Szansu provinsiyasi o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish, hamkorlikni kengaytirish yuzasidan memorandum imzolandi.
Toshkent viloyati va Xitoyning Jiangsu provinsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
“Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida iqtisodiyot va savdo, madaniyat, sog‘liqni saqlash, turizm, sport, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, ta’lim va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Viloyat va Szansu provinsiyasi o‘rtasida 2018-yilda do‘stona munosabatlar o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolangan.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ikki viloyat va shtat o‘rtasida tez-tez kadrlar almashinuvi, yaqin iqtisodiy almashinuv va hamkorlik yo‘nalishlari kengayib bormoqda.
Shuningdek, viloyat bozoriga mashinasozlik, to‘qimachilik va boshqa mahsulotlar eksport qilinayotganligi aytib o‘tildi.