Lavrov BMT bosh kotibini AQShga qarshi arbitraj jarayonini boshlashga chaqirdi

Lavrov BMT Bosh kotibi Guterrishni AQShga qarshi arbitraj jarayoni boshlashga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni AQShga qarshi arbitraj jarayonini boshlashga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti TIVga tayanib xabar berdi.

“Vazir bosh kotib e’tiborini Qo‘shma Shtatlar tomonidan BMT shtab-kvartirasi to‘g‘risidagi 1947-yildagi kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlari, jumladan, Rossiya va bir qator boshqa mamlakatlar diplomatlariga BMT tadbirlarida ishtirok etish uchun vizalar berishdan bosh tortish holatlari davom etayotganiga qaratdi", — deyiladi xabarda

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Lavrov “mavjud vaziyat Guterrishga BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyalarida bir necha bor ta’kidlanganidek, Qo‘shma Shtatlarga qarshi arbitraj jarayonini imkon qadar tezroq boshlash zarurligini taqozo etishini ta’kidladi”.
Bundan tashqari, Lavrov Guterrishga "Ukrainaning insoniyatga qarshi jinoyatlari (2022-2023)" kitobini, shuningdek, "Donbass bolalari" hujjatli videoroliklarini taqdim etdi.