Tarixiy sana: 22-sentabr - Qizil armiya Tallinni fashistlardan ozod qilgan kun

Estoniyaning “yangi tarixida” bu sana “Qarshilik ko‘rsatish kuni” deb ataladi.
Sputnik
1944 yil 22-sentabr kuni Qizil armiya Tallinni bosqinchi fashistlardan ozod qilgan.
Butun Estoniyani ozod qilish operatsiyasi Leningrad frontining chap qanoti ishtirokida va Boltiq floti ko‘magida 17-sentabrdan 26-sentabrgacha bo‘lib o‘tgan.
1947 yili Tinismagi tepaligida Estoniya poytaxti markazida Tallinni nemis fashist bosqinchilaridan ozod qilgan Xaloskor jangchi haykali (hozir “Bronza askari” nomi bilan ma’lum) o‘rnatilgan edi.
90 yillarda haykal nomini o‘zgartirishdi, 2007-yili esa Estoniya hukumati Qizil armiya askarlari qabrini qazib olib, haykalni shahar markazidan Harbiy qabristonga ko‘chirdi.