Qish hal qiluvchi bosqich bo‘ladi — AQShda Ukrainani nima kutayotgani taxmin qilindi

Larri Jonson: Ukrainaliklar issiqlik va elektr energiyasiz yirik shaharlarni tashlab ketishga majbur bo‘lishadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Ukraina issiqlik va elektr energiyasiz sovuq qishga duch keladi, bu esa ukrainaliklarni shaharlarini tark etishga majbur qiladi. Bu haqda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq tahlilchisi Larri Jonson ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Issiqlik va elektr energiyasiz ular Kiyev va Lvov kabi yirik shaharlarni tashlab ketishga majbur bo‘lishadi", — deb ta’kidladi mutaxassis.
Ekspertning fikricha, kelayotgan qish Ukraina uchun qiyin bo‘ladi. Ukraina Qurolli kuchlarining halok bo‘lgan askarlarini o‘rnini bosish uchun zaxiralar qolmaydi va yirik shaharlar issiqlik va elektr energiyasidan mahrum bo‘ladi.
Uning ta’kidlashicha, mojaro Ukraina charchaganidan keyin tugaydi, chunki mamlakat shunchaki jangni davom ettira olmaydi.
Jonson o‘z so‘zida "qish hal qiluvchi bosqich bo‘ladi" deya qayd etdi.