TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari doirasida Gonkongga qarshi bahs olib bordi.
O‘yin Xanchjoudagi “Shangcheng" sport markazi stadionida bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.
Zaxiradan qo‘shilgan Ulug‘bek Hoshimov o‘yinning 65-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi va O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi.
O‘yin davomida boshqa gol urilmadi. Shu tariqa, O‘zbekiston Gonkong ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.
Osiyo o‘yinlarining futbol dasturida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhidan (O‘zbekiston, Afg‘oniston, Suriya va Gonkong) o‘rin olgan edi. Ammo bahslar boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg‘oniston o‘yinlarda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Shu bois O‘zbekiston va Gonkong jamoalari o‘zaro ikki uchrashuvda guruh g‘olibini aniqlab olishadi.
XIX Osiyo o‘yinlari Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tmoqda.