Maxsus operatsiya: 22-sentabrning asosiy voqealari

Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom etmoqda. 22-sentabr kuni Ukrainaning qurbon bo‘lgan va yaralangan askarlari soni 500 dan oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 22-sentabr hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Vodanoe va Mariinka aholi punktlari hududlarida Ukraina qo‘shinlarining 4ta hujumni qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 200 ga yaqin harbiy xizmatchilarni, ikkita BMP va uchta mashinani tashkil qildi.
Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, "Giatsint-B" to‘pi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 artilleriyaga qarshi radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi Grigorovka posolkasi va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning Milliy gvardiyasi 12chi maxsus kuchlar brigadasi va 5chi brigadasining ikkita hujumni qaytardi. Ukraina tomoni 60 nafar harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikap va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘qotdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Rabotino va Verbovoe aholi punktlari hududlarida dushmanning ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan pozitsiyaga zarba berdi. Kun davomida 20 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va uchta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi bo‘linmalari Yelizavetovka, Staromayorskoe, Novodoneskoe va Priyutnoe aholi punktlari hududlarida UQKning harbiy xizmatchilari va texnikasi jamlangan pozitsiyalarga zarba berdi. Ukraina 110 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi va uchta pikapini yo‘qotdi.
DXRning Zeleniy Gay qishlog‘i hududida UQK 1-tank brigadasining o‘q-dorilar omboriga zarba berildi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi bo‘linmalari Artemovka, Sinkovka, Berestovoe va Ivanovka aholi punktlari hududlarida dushmanga qarata o‘t ochdi. UQK yo‘qotishlari 20 tagacha harbiy xizmatchi, Germaniyada ishlab chiqarilgan ikkita Leopard tanki va uchta avtomashinani tashkil etdi.
Artilleriyaga qarshi jangda Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, Germaniyada ishlab chiqarilgan "Panzerhaubitze 2000" o‘ziyurar gaubitsa, ikkita Msta-B va D-30 gaubitsasi va "Rapira" tankka qarshi quroli yo‘q qilindi. Xarkov viloyatining Lipsi tumanida UQK 113-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishi bo‘yicha, kun davomilda dushmanning 80 tagacha harbiy xizmatchisi, 7ta texnikasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 124 ta hududda joylashtirilgan shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Xerson viloyati, Novopetrovka aholi punkti hududida UQKning P-18, ST-68 va PRV-16 havo nishonlarini aniqlash va kuzatish radar stansiyalariga zarba berildi.
DXRNing Serebranka, Drujba va Dileyevka aholi punktlari hududlarida UQKnng 24, 28 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalarning beshta nazorat punkti, 100-hududiy mudofaa brigadasi va Ukraina Milliy gvardiyasining 15-polki mag‘lubiyatga uchradi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS reaktiv tizimining 10ta raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Verxnekamenka, Lisichansk, Staromixaylovka, Gorlovka, Ocheretovatoe, Chistopole va Novaya Kakahovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 15 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 475ta samolyot, 249ta vertolot, 7035 ta uchuvchisiz apparati, 438 ta zenit-raketa tizimi, 12027 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1154 ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi, 6488 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 13301 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.