TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Birlashgan Milllatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterresh va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov payshanba kuni Ukrainadagi mojaroning bir qator jihatlarini muhokama qildi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun bosh kotib Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, bosh kotib va tashqi ishlar vaziri Ukrainadagi mojaro bilan bog‘liq bir qancha jihatlarni muhokama qilishdi.
Shuningdek, ular BMT shtab-kvartirasi joylashgan davlat bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishdi.
Avvalroq Rossiya BMTda faoliyat yuritish maqsadida ketayotgan rossiyalik diplomatlar AQSh vizasini olishda muammoga duch kelayotganini bir necha bor ta’kidlagan edi.