TOShKENT, 22 sen — Sputnik. AQSh Polshaga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “tagiga suv quyish” buyrug‘ini berdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko shunday deb hisoblaydi.
“Siz Polsha hozir bu bechora Ukrainaga shunchaki bosib o‘tkazapti deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, okean ortidan allaqachon buyruq berishdi: bu Zelenskiyning tagiga suv quyish kerak, jonga tegdi u. Ertaga Amerikada saylovlar, hech kim bunga qarab ham o‘tirmaydi”, - dedi Lukashenko. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus iqtibos keltirgan.
U Belarusni himoya qilishga chaqirgan. “Axir bu g‘azabnok Polsha siyosatchilaridan nimalarni kutish noma’lum-ku”, - deya qo‘shimcha qilgan Belarus yetakchisi.
So‘nggi kunlarda Polsha va Ukraina munosabatlari juda keskinlashdi. Bu Varshava Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga taqiq joriy etgandan so‘ng ro‘y berdi.