TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,91 so‘mga qimmatlashdi va 12 190,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 40,89 so‘mga pastladi va 12 987,24 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,85 so‘mga qimmatlashdi, 126,91 so‘mni tashkil qildi.