TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +25 darajagacha iliq bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 23-25° bo‘ladi.