Toshkent viloyatidagi maktablarda maxsus ratsion asosida ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi

Zoyir Mirzayev sog‘liqni saqlash, maktab va maktabgacha ta’lim tizimida kelgusida qilinadigan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Toshkent viloyatidagi shifoxona va maktablarda maxsus ratsion asosida ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev sog‘liqni saqlash, maktab va maktabgacha ta’lim tizimida kelgusida qilinadigan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, viloyat hududida reproduktiv salomatlikni saqlash, tug‘ruqlar oralig‘ini yaxshilash maqsadida, Parkent tumanida, maktab va shifoxonalarda alohida ratsion asosida ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi.
"Bepul ovqat berish esa O‘rta Chirchiq tumanlarida namuna sifatida yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, uchrashuvda viloyat rahbari ta’lim tizimidagi barcha rahbarlar chekka hududlardagi maktablarga borib dars o‘tishini taklif qildi. Ta’kidlanishicha, maktabning “ob-havosi”, uning imkoniyatlarini his qilmay turib, boshqarish qiyin.