Suzish: O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistondagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza, jami 33 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Joriy yilning 13-15 sentabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida suzish bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi O‘zbekiston suzish federatsiyasi.
Musobaqada ishtirokchilar chalqancha, brass, batterflyay va erkin usulda suzish musobaqalarida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza, jami 33 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.