Rossiya do‘st davlatlar orqali chiqib ketayotgan kapital oqimini nazoratga olmoqchi

Rossiyada valyuta nazoratini tiklashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘rib chiqilmoqda.
Sputnik
TAShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya moliya organlari do‘st davlatlar orqali chiqib ketayotgan kapital oqimini cheklash uchun ba’zi valyuta cheklovlarini qaytadan joriy qilishi mumkin. Bu haqda mamlakat moliya vaziri o‘rinbosari Aleksey Moiseyev Davlat dumasidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Valyuta nazoratini tiklashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘rib chiqilmoqda. Hozir ularni nomini ma’lum qilishni istamayman, chunki chora-tadbirlar hali muhokama qilinmoqda”, — dedi amaldor. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning tushuntirishicha, bu chora-tadbirlarning qaysi biri amalga oshirilishi hozircha aniq emas, umuman olganda, ular do‘st davlatlar orqali Rossiyadan chiqib ketayotgan kapital oqimini nazorat qilishga qaratilgan.
Ishlab chiqilayotgan yechimlar valyuta kursining qisqa muddatli tebranishlarini barqarorlashtirishga yordam beradi, deya xulosa qildi Moiseyev.
Keyinchalik Rosssiya Markaziy banki raisi o‘rinbosari Aleksey Zabotkin regulyator hali ham yangi valyuta cheklovlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidladi. Uning tushuntirishicha, hozir amalda bo‘lgan choralar “bizga qo‘yilgan cheklovlarga nisbatan” simmetrik bo‘lib qolmoqda.
Moliya vaziri Anton Siluanov sentabr oyi boshida aytganidek, Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank valyuta nazorati mexanizmini qo‘llashda konsensus izlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ilgari Rossiya Banki ushbu choralarni qat’iy talab qilgan, Moliya vazirligi esa “ko‘proq liberal” bo‘lgan bo‘lsa, endi Moliya vazirligi valyuta oqimlarini nazorat qilish choralarini kuchaytirishni talab qilmoqda.