TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya hukumati benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga vaqtinchalik cheklov joriy etdi. Mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli qarorni imzoladi.
“Qaror ichki bozordagi yonilg‘i narxlarini barqarorlashtirish uchun qabul qilindi”, - deyiladi Rossiya hukumati matbuot xizmati xabarida.
Cheklovlar 21-sentabrdan kuchga kiradi.
Shu bilan birga, vaqtinchalik taqiq quyidagi hollarda yetkazib berishga taalluqli emas:
- YeOII mamlakatlariga (Rossiyadan tashqari bu ittifoqqa Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘iston a’zo);
Shu bilan birga, vaqtinchalik taqiq quyidagi hollarda yetkazib berishga taalluqli emas:
- YeOII mamlakatlariga (Rossiyadan tashqari bu ittifoqqa Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘iston a’zo);
- Abxaziya va Janubiy Osetiyaga;
- hukumatlararo kelishuvlar doirasida;
- xorijiy davlatlar hududida bo‘lgan Rossiya qo‘shinlari guruhlari faoliyatini ta’minlash maqsadida
Rossiya Energetika vazirligi bu cheklov vaqtinchalik chora ekanini tushuntirgan. Bu bilan mamlakat ichidagi yonilg‘i narxini tushirish maqsad qilingan.
Rossiya Energetika vazirligi bu cheklov vaqtinchalik chora ekanini tushuntirgan. Bu bilan mamlakat ichidagi yonilg‘i narxini tushirish maqsad qilingan.