TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida II Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali ish boshladi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Festivalda Samarqand, Buxoro, Xiva, Marg‘ilon yog‘och o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, miniatura maktablari hunarmandlari ishtirok etmoqda.
Qo‘qon shahridagi II Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali
© Sputnik/Elina Beknazarova
Ko‘rgazma mehmonlari va ishtirokchilari orasida Rossiya, Belarus, Hindiston, Qirg‘iziston, Italiya kabi 70 ta davlatdan hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari vakillari ham bor.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov viloyatda hunarmandlar ko‘pligi, hozirgi kunda an’anaviy hunarmandchilikni asrab-avaylash muhimligi haqida gapirdi.
Qo‘qon shahridagi II Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali
© Sputnik/Elina Beknazarova
“Marg‘ilonda 3 mingga yaqin hunarmand gilamdo‘zlik, milliy kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish, Rishton viloyatida esa 5 mingdan ortiq kishi an’anaviy kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi va zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Qo‘qon shahri va qo‘shni tumanlarda 10 mingga yaqin oila hunarmandchilikni avloddan-avlodga o‘tkazib kelmoqda, – dedi Bozorov.
Qo‘qon shahridagi II Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali
© Sputnik/Elina Beknazarova
Festival uch kun davom etadi. Mehmonlar uchun xalq sayillari, mahorat darslari, yarmarkalar, shuningdek, folklor jamoalarining konsert dasturi va arqon tomoshasi rejalashtirilgan.