TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Bugun, 21-sentabr kuni, Toshkentning ikki tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining (MFY) qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Uchtepa tumani: “Beshqayrag‘och” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: “Gulbog‘” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.