Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ning 2 mingdan ortiq aholisini evakuatsiya qildi – video

Evakuatsiya qilinganlarning 1049 nafari bolalardir.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ning xavfli hududlaridan ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi. Ularning qariyb yarmi bolalarni tashkil etadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Jami ikki mingdan ziyod tinch aholi evakuatsiya qilindi, ulardan 1049 nafari bolalar. Evakuatsiya qilingan barcha aholi vaqtinchalik yashash joyi va issiq ovqat bilan ta’minlangan”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Rossiya kontingenti vakillari 19-yil tushlikdan so‘ng “butun tutashuv chizig‘i bo‘ylab Ozarbayjon tomonidan o‘t ochishni bas qilish rejimi buzilishing ko‘plab holatlarini qayd etishgan”.
Avvalroq Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi vositachiligida Ozarbayjon tomoni va Tog‘li Qorabog‘ vakillari o‘rtasida jangovar harakatlarni to‘liq bas qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilgani xabar qilingan edi.