Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Zaporojyeda Ukraina QKning uchta hujumini qaytardi

Rogovning qo‘shimcha qilishicha, rus qo‘shinlari o‘z pozitsiyalarini ushlab turibdi va dushmanga mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga imkon bermayapti.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatining Rabotino tumanida Ukraina qurolli kuchlarining uchta hujumini qaytardi, deya ma’lum qildi “Biz Rossiya bilan birgamiz” mahalliy jamoat harakati rahbari Vladimir Rogov RIA Novostiga.
“Bugun frontning Orexovskiy uchastkasida juda issiq. Kun davomida dushman uchta hujum uyushtirdi, ularni bizning yigitlar qaytardi, hozir to‘rtinchisi davom etmoqda. Bu azobmi yoki qarshi hujumning uchinchi to‘lqinini boshlashga urinishmi, buni yaqin kelajak ko‘rsatadi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Rogovning qo‘shimcha qilishicha, dushman muvaffaqiyatga erishmayapti, rus qo‘shinlari o‘z pozitsiyalarini ushlab turibdi va dushmanga mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga imkon bermayapti.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kecha Rossiya Qurolli kuchlari Verbovoe aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 71-yeger brigadasining hujumini qaytargan.
Ukraina Qurolli kuchlari to‘rt oydan beri Yujnodonesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tomonidan tayyorlangan va G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan jangovar brigadalarni tashlab, qarshi hujumni amalga oshirmoqda. Biroq, ular frontning biron bir uchastkasida muvaffaqiyatga erisha olmadi.
Rossiya Mudofaa vazirligining sentabr oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, qarshi hujum boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlari 66 mingdan ortiq odam va 7,6 ming qurol yo‘qotgan.