TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy raisi Si Szinpinning “Bir makon, bir yo‘l” forumida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurish taklifini mamnuniyat bilan qabul qilganini ma’lum qildi.
“Albatta, Xitoy Xalq Respublikasi raisining joriy yilning oktabr oyida “Bir makon, bir yo‘l” tadbirida doirasida Xitoyga tashrif buyurish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildim”, - dedi Putin Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda.
Avvalroq Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Xitoyga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy yetakchisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni "Bir makon, bir yo‘l" uchinchi xalqaro hamkorlik forumiga taklif qilgani xabar qilingan edi.