TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Markaziy Osiyo-Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirlari qo‘shma bayonot qabul qilishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyda Markaziy Osiyo-Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirlarining 1-yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda shuningdek, Xitoy, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirliklari rahbarlari ham qatnashdi.
Markaziy Osiyo-Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirlari qo‘shma bayonot qabul qilishdi
© Ministerstvo selskogo xozaystva
Quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi:
agrosanoat sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish;
sanoat kompleksi;
savdo-iqtisodiy munosabatlar;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi.
Markaziy Osiyo-Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirlari qo‘shma bayonot qabul qilishdi
© Ministerstvo selskogo xozaystva
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlari 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha yaqin hamkorlikni ko‘zda tutuvchi “Markaziy Osiyo-Xitoy platformasi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida sarmoyaviy va savdo hamkorligini mustahkamlash, oziq-ovqat xavfsizligini birgalikda ta’minlash va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma bayonotni”ni qabul qilishdi.