Erdog‘an Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida: Turkiya YeI qilayotgan ishni qilishga majbur emas

Rossiya bizning yaqin qo‘shnimiz va bizning umumiy tariximiz bor — Erdog‘an.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an nega Anqara Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmayapti degan savolga javob berar ekan, uning mamlakati Yevropa Ittifoqi davlatlari qilayotgan ishlarni qilishga majbur emasligini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Amerikaning PBS telekanali muxbiri Turkiya rahbari bilan suhbat chog‘ida ayrim amerikalik senatorlar Turkiyaning “Yevropa Ittifoqi va NATOning boshqa a’zolari kabi” Ukrainadagi mojaro sharoitida Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslik qarorini tanqid qilganini aytdi.

"Yevropa Ittifoqi a’zolari qiladigan ishni biz ham qilishimiz kerakmi? Turkiyaning dunyodagi pozitsiyasi, YeIga a’zo davlatlarning pozitsiyasidan farq qiladi. Rossiya bizning eng yaqin qo‘shnilarimizdan biri va bizning umumiy tariximiz bor", - dedi Erdog‘an.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li amerikalik hamkasbi Entoni Blinken bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Anqara Rossiyaga qarshi bir tomonlama sanksiyalarga qo‘shilmasligini, lekin ularni chetlab o‘tishga ham yo‘l qo‘ymasligini aytgan edi. Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin, agar Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llasa, ular birinchi navbatda Anqaraning o‘ziga qarshi ishlashini aytgan edi.