Dollar va rubl ko‘tarildi — 20-sentabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 7,65 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 7,65 so‘mga qimmatlashdi va 12 168,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham 27,64 so‘mga oshdi va 13 006,42 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,22 so‘mga qimmatlashdi, 126,47 so‘mni tashkil qildi.