TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +28 darajagacha iliq bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin.
Kechasi 15-17, kunduzi 26-28 daraja iliq bo‘ladi.