Bugun Toshkentda elektr vaqtincha o‘chiriladi — vaqt va manzillar

Toshkentning Uchtepa va Mirobod tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda soat 09:00dan elektr ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Uchtepa va Mirobod tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Uchtepa tumani - "A.Qodiriy" va "Ko‘kcha Oqtepa" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Mirobod tumani - "Oybek" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.