O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qirg‘izistondagi ko‘rgazma-yarmarkada ishtirok etmoqda

Ko‘rgazmadan O‘zbekiston sanoatining turli sohalariga oid 40 tadan ortiq kompaniyalarning stendlari o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qirg‘izistonda o‘tayotgan “Janubiy Ekspo-2023” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Kecha O‘sh shahrida “Janubiy Ekspo-2023” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya, Xitoy, Eron, O‘mon va Germaniyadan vakillar ishtirok etmoqda.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, kanselyariya, kiyim-kechak, hunarmanchilik va qurilish mahsulotlari namoyish etilmoqda.
O‘sh shahrida “Janubiy Ekspo-2023” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

"Xalqaro universal ko‘rgazma-yarmarkasi har yili o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, u turli mamlakatlar tadbirkorlarini birlashtiradi hamda muloqot va hamkorlik uchun ajoyib platforma hisoblanadi", — deyiladi xabarda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Jamshed Urakov so‘zga chiqdi.
O‘sh shahrida “Janubiy Ekspo-2023” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Ta’kidlanishicha, tadbirda O‘zbekiston sanoatining turli sohalariga oid 40 tadan ortiq kompaniyalarning stendlari o‘rin olgan.
O‘sh shahrida “Janubiy Ekspo-2023” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Tadbirda, shuningdek, B2B formatida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi. Ko‘rgazma-yarmarka o‘z ishini 20-sentabrga qadar davom ettiradi.