TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Andijon viloyati Izboskan tumanida 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-aprel kuni A.A. va M.I. bu daraxtlarni go‘yoki yashash xonadoni uchun xavf tug‘dirayotgani va qurilish, ta’mirlash ishlariga xalal berayotganini ro‘kach qilib kesib tashlagan.
Bu orqali o‘simlik dunyosiga 131 million 400 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Holatni Ekologiya vazirligi xodimlari o‘rgangan va tegishli hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Prokuratura esa ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 18-sentabr kuni A.A. va M.I.ga sud hukmi o‘qildi
Unga ko‘ra, uch tup g‘arb chinorini kesganlarning har biriga yetkazilgan zararni qoplash bilan birga 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.