TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Ukraina masalasi bo‘yicha tinchlik shartnomasi Rossiya tomonidan belgilanadigan shartlar asosida tuziladi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining sobiq razvedkachisi Skott Ritter "Reporterfy Media & Travel" YouTube-kanali efirida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Mojaro Rossiyaning g‘alabasi bilan yakunlanadi, bu kelishuv shartlari va uning qanday ko‘rinishini belgilaydi. Hoynahoy, Ukraina so‘zsiz taslim bo‘ladi”, - deb bashorat qildi ekspert.
Ritterning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning UQK Rossiyani mag‘lub eta olmasligi va undan hududlarni tortib ololmasligi haqidagi haqiqatni qabul qilishni istamagani uning bu holatga tushishiga sabab bo‘ldi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borishning mumkin emasligi to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritish haqidagi farmonni imzolagan edi. Moskva Kiyev bilan muloqotga tayyor ekanligini bir necha bor aytgan, biroq Zelenskiy rejimi buni davom ettirmaslikka qaror qilgan.
UQK to‘rt oydan beri Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tayyorlagan va xorijiy texnika bilan qurollangan brigadalar bilan qarshi hujum qilishga urinmoqda. Ammo Prezident Vladimir Putin ta’kidlaganidek, bu vaqt ichida ular hech qanday natijaga erisha olmadilar.